Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani “Dehqonobod” dehqon bozorida qotillik sodir etilgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 31-dekabr kuni Urgut tumanida joylashgan “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. qo‘shnisini oldindan o‘rtalarida bo‘lgan kelishmovchilik sababli qo‘lida bo‘lgan temir bolta bilan uning bosh va bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi 3-yanvar kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Avvalroq Samarqandda 3 mln so‘m ish haqini bermagan mahalladoshini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 13,5 yilga qamalgani, Qashqadaryodagi choyxonada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi