Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ilk bor o‘zining qamalgani va boshidan o‘tgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ozodbek Nazarbekov Andijon ahli bilan uchrashuvda “vazir emas, balki bir ariqdan suv ichgan Andijon farzandi sifatida tashrif buyurgani”ni ta’kidlab, andijonlik ekanidan faxrlanishini bildirgan.

“Yaxshi bilasizlar, hayotimda eng og‘ir kunlar ham o‘tdi, mana bugun vazir darajasiga keldim. Lekin og‘ir, mudhish kunlarimda tanamda his qilgan muammolar bo‘ldi. Bir oilada bir inson qamalsa, shu oilaga nima bo‘lardi, o‘ylab ko‘ringlar? Na ota-onasiga, na farzandlariga maktabda kun bor edi. Lekin mana shu Konstitutsiyadagi eng muhim o‘zgarishlardan biri — bundan bu yog‘iga ota bolasiga (qilmishi uchun — tahr.) javob bermaydi, bola otasi uchun javobgar emas.

Mening oilam shu qiyinchiliklarni boshidan kechirdi, bu qiyinchiliklarni ko‘rdik. Shuncha qiyinchilik, boshimizdan qora kunlar o‘tib, bugun vazir darajasiga yetishim — bu menimcha, aynan inson qadri”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

Shuningdek, u O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanayotganiga o‘zini yaqqol misol qilib keltirgan. “Toshkentda katta tog‘am, amakim yo‘q, faqatgina bugungi oqilona, adolatli siyosat mana shu minbarda turizimga xizmat qilyapti. Shuning uchun men shaxsan mazkur referendumni 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman”, — deya qayd etgan Nazarbekov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi