Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Yangi Toshkent loyihasini amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud — dengiz sathidan 500 metr baland bo‘lib, shaharga yaqinligi, o‘z iqlimi, bahavoligi va ikki daryo o‘rtasida joylashgani bilan noyob hisoblanadi.

Hozirgi Toshkent 43 ming gektar xududni egallaydi. “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida qo‘shimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan taʼminlanadi.

Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi. Ularning hozirgi binolari o‘rnida mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi