Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Muhammedova qizi Milananing ismi bilan ataladigan to‘y liboslari salonini ochdi.

 Foto: Instagram

Aktyor, shoir va rejissor Ahad Qayum otasiga 42 ming dollarlik Jetour X95 avtomobilini sovg‘a qildi.



Ulug‘bek Rahmatullayev va Jahongir Poziljonov Termiz shahrida o‘tkazilgan Navro‘z tantanalarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. 

  Foto: Instagram

Javohir Zokirov qo‘qonlik qarindoshlarinikida mehmonda bo‘ldi.

 

Asal Shodiyeva Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Reputation awards tanlovida ishtirok etmoqda.

  Foto: Instagram

Bir oy avval axloqsiz raqslari uchun litsenziya muddati uzaytirilishi rad etilgan xonanda Kaniza litsenziyasini hech qanday muammosiz qaytarib olgani haqida so‘zlab berdi. U o‘zini ushbu murakkab jarayonda qo‘llab-quvvatlagan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.




Vayner Xoliqjon bezorilik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, hibsga olingan do‘sti Dili.me haqida turli gap-so‘zlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

 Foto: Instagram

Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Fransiya poytaxti Parij shahriga dam olish uchun uchib ketdi. Xonanda farzandlari bilan shopping jarayoni aks etgan suratni Stories’ga joyladi.

 Foto: Instagram

Jahongir Otajonov muxlislarini kirib kelayotgan Ramazon ayyomi bilan tabrikladi. 

 Foto: Instagram

Munisa Rizayeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaganidan hayron qolganini bildirdi.


Bloger Javohir Rasulov ommaviy axborot vositalarini do‘sti Dili.me’ning oilaviy muammosini noto‘g‘ri talqin qilib, ushbu vaziyatdan piar uchun foydalanmaslikka chaqirdi. 

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi