Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy shahrida 18-mart kuni Damas rusumli avtomobil to‘liq yonib ketdi.

Skrin: Telegram / @ovoza_news

Ma’lum bo‘lishicha, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan, mashina 2014-yilda ishlab chiqarilgan.

Haydovchining aytishicha, soat 15:00 atrofida mashina salonida tutun chiqqan. Yo‘lovchilar mashinadan tushayotganda yong‘in boshlangan.

Shundan so‘ng haydovchi gaz ballonini yopib, o‘t o‘chirish uskunasi bilan yong‘inni bostirmoqchi bo‘lgan, ammo mashina to‘liq yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Navoiy shahri FVB inspektori Shohruh Rashidovning ta’kidlashicha, soat 14:14 da bo‘linmaga “Sadriddin Ayniy” ko‘chasida harakatlanayotgan Damas avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 2 ta qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi