Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya kompaniyalari Qozog‘istondagi hamkorlardan G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘proq yordam so‘ray boshladi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Kremlin.ru

Nashrning yozishicha, rossiyalik treyderlar sanksiyalarni chetlab o‘tishning allaqachon turli usullarini o‘rgangan. Natijada, uchinchi mamlakatlar orqali tovar yetkazib berishning butun tarmog‘i yaratilgan. Ko‘plab tovarlar Turkiya va sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan mamlakatlar orqali Rossiyaga olib kelinadi.

Manbalar Rossiyadan turli tovarlarni yetkazib berish uchun yordam murojaatlari ko‘payganiga guvohligini aytgan. Ular orasida maishiy elektronika, metallar, podshipniklardan tortib samolyot qismlarigacha bor. Ikki manba Rossiyaning bunday tovarlarga qiziqishi ortib borayotganini Turkiyaning sanksiyalangan tovarlar tranzitiga chek qo‘yish rejalari bilan bevosita bog‘ladi.

Qozog‘istonlik tadbirkorlardan birining aytishicha, asli Avstraliyadan kelgan nodir metallarini tashib o‘tishga yordam berish uchun unga 1 million dollar taklif qilingan. Qozog‘iston hukumati Reuters’ning izoh berish so‘roviga javob bermagan.

Manbalarning ta’kidlashicha, ruslar sanoat uskunalari, temir yo‘l podshipniklari, ilg‘or elektronika, radiotexnika, turbinalar, samolyot qismlari, xomashyo va hattoki bank kartalari materiallarini o‘z ichiga olgan juda katta xarid ro‘yxatiga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi