Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ayol eri bilan janjallashib qolgani sababli farzandini qiynagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Skrin: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol bolasini bir qo‘lida ko‘tarib, bo‘ynidan bo‘g‘ib, tasvirga olganini ko‘rish mumkin. “Dadajon, men o‘lyapman de. Bolalarimning jonini olaman”, deb ta’kidlagan ayol.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan X.U. Rossiyada ishlayotgan eri bilan o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida jahl ustida bolasini qiynab, tasvirga olib, turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Bolalarini qiynagan ayol holati yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro X.U.ning himoya huquqi ta‘minlangan holda jinoyat ishida gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu oila hamda bolalar bilan ishlash uchun mutaxassis psixologlar jalb etilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi