Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi M-Clinic ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muassasada kattalar uchun 95 ta va bolalar uchun 33 ta statsionar o‘rin, 1 ming 400 ta qatnovga mo‘ljallangan poliklinika tashkil etilgan. Ular yaqin oylarda ishga tushiriladi. Umuman, tibbiyot markazida 50 ta tor mutaxassislik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xususan, markazda kardiologiya, angiografiya, travmatologiya, neyroxirurgiya, ginekologiya va urologiya bo‘yicha 5 ta jarrohlik xonasi bo‘ladi. Ularda yiliga 5 mingta yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Ilg‘or uskunalar kam kesish va tez reabilitatsiya qilish imkonini beradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari bu sharoitlar bilan sinchiklab tanishdi. Markazni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch muassasaga aylantirish, bu yerdagi tajriba asosida shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Majmuada bemorlarning yaqinlari uchun 120 o‘rinli mehmonxona ham barpo etilgan. Xususiy tibbiyot rivojiga yaratilgan imkoniyatlar natijasida yurtimizda nodavlat shifo maskanlari soni 8 mingtadan oshgan. Ular shug‘illanishi mumkin bo‘lgan tibbiy yo‘nalishlar 50 tadan 129 taga kengaytirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi