Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 27-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Milan” 18-mart, shanba kuni “Udineze” bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 9-daqiqasida Roberto Pereyra hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida esa Zlatan Ibrahimovich penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Beto yana bir bor “Udineze”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Ikkinchi bo‘limda milanliklar faol harakat qilgan bo‘lsa-da, biroq gol ura olmadi. Aksincha, 70-daqiqada “Udineze” uchrashuvdagi uchinchi golini urdi. Bu safar Kingsli Ehizibiue o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Milan” mag‘lubiyatga uchradi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Udineze” ochkolari sonini 38 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Milan” esa 48 ochko bilan 4-pog‘onadan joy oldi.


A Seriya

27-tur bahsi

18-mart, yakshanba

“Udineze” – “Milan” 3:1

Gollar: 1:0 – 9 Pereyra, 1:1 – 45 Ibrahimovich (penalti), 2:1 – 45 Betu, 3:1 – 70 Ehizibue.

“Udineze”: Silvestri, Ehizibue (Ebosele, 88), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udoji (Zegelar, 89), Pereyra (Arslan, 81), Uolas, Samarjich (Lovrich, 73), Saksess (Toven, 74), Betu.

“Milan”: Menyan, Tomori (Kalabriya, 76), Tiav, Kalulu, Ballo-Ture, Salemakers (Rebich, 64), Bennaser (Krunich, 64), Braim Dias (de Ketelare, 76), Tonali, Rafael Leau, Ibrahimovich (Origi, 76).

Ogohlantirishlar: Peres (27), Kalulu (61), Uolas (68), Ebosele (90), Tonali (90), Rodrigo Bekao (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi