Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 18-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Chelsi” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa Joau Feliks hisobni ochdi. 69-daqiqada esa Abdulaye Dukure muvozanatni tikladi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Kay Haverts penaltini aniq amalga oshirib, yana bir bor londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 89-daqiqada Ellis Simms hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Grem Potter shogirdlari ochkolarini 38 taga yetkazib, 10-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 

“Tottenhem” esa safarda “Sauthempton” bilan 3:3 hisobida durang natija qayd etdi. “Shporlar” safida Pedro Porro, Ivan Perishich va Harry Keynlar gol urgan bo‘lsa, mezbonlar safida Jeyms Uord-Prouz, Teo Uolkot hamda Che Adamslar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Antonio Konte jamoasi 49 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.


APL

28-tur bahslari

18-mart, shanba

“Chelsi” – “Everton” 2:2

Gollar: 1:0 – 52 Joau Feliks, 1:1 – 69 Dukure, 2:1 – 76 Haverts (penalti), 2:2 – 89 Simms.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Jeyms, Kulibali, Badyashil, Fofana (Chaloba, 87), Chiluell, Kovachich (Loftus-Chik, 81), Fernandes, Pulishich (Gallaher, 62), Haverts, Joau Feliks (Chukvuemeka, 86).

“Everton”: Pikford, Koulmen (Mikolenko, 84), Tarkovski, Kin, Godfri, Guye (Simms, 79), Dukure, Onana, Ivobi, Grey, Maknil.

Ogohlantirishlar: Guye (29), Maknil (45), Kulibali (57), Jeyms (74).

“Sauthempton” – “Tottenhem” 3:3

Gollar: 0:1 – 45 Porro, 1:1 – 46 Adams, 1:2 – 65 Keyn, 1:3 – 74 Perishich, 2:3 – 77 Uolkott, 3:3 – 90 Uord-Prouz (penalti).

“Sauthempton”: Bazunu, Uoker-Piters, Bednarek (Meytlend-Naylz, 34), Bella-Kochap (Salisu, 8), Perro, Armstrong (Alkaras, 70), Elyunussi (Sulemana, 70), Uord-Prouz, Lavia, Uolkott, Adams (Mara, 70).

“Tottenhem”: Forster, Porro (Emerson, 86), Dayer, Langle, Romero, Devis (Perishich, 37), Hyoyberg, Skipp, Son Hyon Min, Keyn, Risharlison (Kulusevski, 5; Sarr, 86).

Ogohlantirishlar: Skipp (85), Sulemana (87).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi