Farg‘onada fuqaro janjal sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida erkak o‘zaro kelib chiqqan janjal sabab o‘z qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Rishton tumanining “Mehnatobod” mahallasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ikki qo‘shni o‘rtasida yashash xonadonlari chegaralarining nizosi sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda jahl ustida biri ikkinchisiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi olgan jarohati sababli vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu jinoyat viloyat IIB rahbariyati ishtirokida muhokama qilingan. Boshqarma boshlig‘i mazkur holatda janjal yuzaga kelgunicha mahalla faollari buni sezmaganini, ularni murosaga keltirmaganini tanqid qilgan.
-
Urgutdagi bozorda fuqaro qo‘shnisining boshiga bolta bilan urib, o‘ldirgani aytilmoqda
06.01.2022, 11:50 -
Andijonda otasini haqoratlagan qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak ushlandi
05.05.2022, 21:55 -
Buxoroda 80 yoshli qo‘shnisini kaltaklagan fuqaro 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
10.09.2022, 12:25