Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, 14—15-mart kunlari ikki tomon o‘rtasida “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” ikkinchi bosqich loyihasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra, muddati 2023—2028-yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida mamlakat chorvachilik tarmog‘iga imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Xususan, loyihani amalga oshirish doirasida:

  • chorvachilik fermer va dehqon xo‘jaliklarini hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash;
  • chorvachilikda barqaror ishlab chiqarish salohiyatini oshirish;
  • sohada zamonaviy texnologik ish usullarini joriy etish;
  • yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash;
  • chorvachilik sektori daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

“Yuqoridagi loyihani amalga oshirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha may oyida Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi