Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida er rashk sabab avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, holat 17-mart kuni Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahallasida sodir bo‘lgan. Shu mahallada yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan 28 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan dastlab ayoliga, keyin esa o‘ziga jarohat yetkazgan. 

Qayd etilishicha, hodisa sababli 2 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida ham shu kabi holat kuzatilgan edi. 2-mart kuni soat 08:20 larda Yangiyer shahar tibbiyot kolleji hovlisida fuqaro R.U. kollejning ikkinchi bosqich talabasi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i D.U.ni oilaviy kelishmovchilik negizida qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin, o‘ng va chap ko‘krak, chap oyoq boldir sohalariga jami yetti marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng er javobgarlikdan qochish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan o‘zining bo‘yin va ko‘krak sohalariga ikki marotaba urib, o‘ziga o‘zi og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Mavzuga doir
Izoh

Tulkinboy

19 mart, 16:00

Ахмокгарчилик

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi