Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo Kubogi—2023 g‘olibiga aylandi. O‘zbekistonlik yoshlar finalda Iroqni mag‘lub etdi (1:0).

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

O‘zbekiston uchta yosh toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan beshinchi mamlakatga aylandi. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2012-yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchi o‘rtasidagi g‘oliblik 2018-yili qayd etilgan.

Bunga qadar Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Iroq mazkur treblga erishgandi. Qayd etish kerak, O‘zbekistondan farqli o‘laroq yuqoridagi to‘rt mamlakat kattalar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida ham zafar quchgan.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ikkinchi marta Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi—2018 da ham Haydarov qo‘l ostidagi jamoa chempion bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi