Qashqadaryoda 900 kg isteʼmolga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi YPX postida 900 kg isteʼmolga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 15-mart kuni soat 21:10 larda Qarshi—Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelgan Cobalt tumanda joylashgan “Mingchinor” muntazam YPX maskanida to‘xtatildi. Avtomashina haydovchisi bilan olib borilgan suhbat davomida salon va yukxona ko‘zdan kechirilganda kelib chiqishi nomaʼlum hayvonga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlarsiz 900 kilogramm go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, aniqlangan go‘sht viloyat “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” laboratoriyasi xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilganda, isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum bo‘ldi. Laboratoriya xulosasiga ko‘ra sifatsiz go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, tegishli jazo qo‘llandi.
-
Sirdaryoda kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 2,5 tonnadan ziyod go‘sht to‘xtatib qolindi
25 fevral, 00:53 -
Jizzaxda tegishli hujjatsiz 358 kg go‘sht olib ketayotgan mashina to‘xtatib qolindi
1 mart, 07:45 -
Buxoroda hech qanday hujjatlarsiz 720 kg tovuq go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi
17 mart, 23:45