Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turida “An-Nassr” 18-mart, shanba kuni “Abha” bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 26-daqiqasida “Abha” futbolchisi Adam hisobni ochdi. 78-daqiqada esa Ronaldu jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tikladi. 86-daqiqada Anderson Taliska penaltidan unumli foydalanib, “An-Nassr”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. 

Jaloliddin Masharipov 88-daqiqada G‘arib o‘rniga maydonga tushdi. 

“An-Nassr” 49 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi “Al-Ittihod”da 50 ochko mavjud.


Saudiya Professional Ligasi

21-tur bahsi

18-fevral, shanba

“An-Nassr” – “Abha” 2:1

Gollar: 0:1 – 26 Adam, 1:1 – 78 Ronaldu, 2:1 – 86 Taliska (penalti).

“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam (Bushal, 88), Alvaro Gonsales, Al-Amri, Konan, Taliska, Luis Gustavo, Al-Sulayhim (Maran, 46; Al-Avjami, 90), Al-Haybari (Al-Hassan, 65), Ronaldu, G‘arib (Masharipov, 88).

“Abha”: Epassi, Al-Hamsal (Amro, 75), Natik, Atushi, Al-Zori, Al-Saluli (Al-Omran, 85), Al-Sudani, Saddiki (Matich, 75), Bguir, Kaysedo (Alsadi, 74), Adam (Al-Zahrani, 90).

Ogohlantirishlar: Kaysedo (32), Al-Haybari (33), Al-Sulayhim (38), Al-Sudani (77), Adam (85), Bguir (90), Konan (90).

Chetlatish: Al-Sudani (80).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi