Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonning Juzjon viloyati Qo‘shtepa tumanidagi qizlarning boshlang‘ich maktabida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, maktabdagi sinflardan birida granata portlagan, oqibatda ikki o‘quvchi qiz halok bo‘lgan, 11 nafar qiz esa yaralangan. Mahalliy manbalar portlash 29-mart kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo granata sinfga qanday olib kirilgani haqida ma’lumot berilmagan.

“Tolibon” xavfsizlik guruhining Juzjondagi vakili Abdulsattor Halimiy mazkur xabarni tasdiqladi. U portlash oqibatida 10 va 12 yoshli ikki qiz halok bo‘lgani, olti kishi jarohatlanganini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi qizlar granata topib, u bilan o‘ynab halok bo‘lgan va yaralangan. Juzjondagi ayrim manbalarning fikricha, qizlar maktabidagi portlash qizlarning boshlang‘ich maktablarini yopishni istagan “Tolibon” a’zolarining ishi bo‘lishi mumkin.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng ko‘plab qizlarning maktabga borishini taqiqlagan, 2022-yil dekabrida esa Oliy ta’lim vazirligi ayollarning oliy ma’lumot olishiga taqiq joriy qilgan. Bu qaror “Tolibon” hukumati orasida norozilikka sabab bo‘lgan, qarshilik shu darajada jiddiylashganki “Tolibon”ning yuqori martabali amaldorlari Oxundzodani taxtdan ag‘darishni ko‘rib chiqmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi