Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati prokuraturasida prokuratura organlari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimi Isaqjon G‘oziboyevning maʼlum qilishicha, 2022-yilda viloyatda salkam 72 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilganligi aniqlanib, shundan 22,5 milliard so‘mi undirilgan.

“Boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan budjet mablag‘larini rastrata va o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, noqonuniy sarflash, ijtimoiy sohada loyihalarni amalga oshirish doirasida ajratilgan budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlarini aniqlash borasida jami 163 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida 71,9 milliard so‘mlik zarar aniqlanib, shundan 22,6 milliard so‘mi undirilgan.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni oshirib yuborish bilan bog‘liq 68 ta holatda davlat budjet iga 23,8 milliard so‘mlik zararlar aniqlanib, 5 milliard so‘mi undirilgan”, — deydi Isaqjon G‘oziboyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilish va korrupsiya holatlari bilan bog‘liq jami 21 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan 6 ta korrupsiya holati aniqlangan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha davlat budjetidan ajratilgan 2,8 milliard so‘mlik subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilinganligi aniqlanib, 604,6 million so‘mi undirilgan. Shuningdek, “Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturlari asosida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha 24 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular natijasida 5,29 milliard so‘mlik zarar aniqlanib, 1,5 milliard so‘mi undirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi