Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buroxo viloyati Peshku tumanida 2-mart kuni er janjal sabab xotinini pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 2-mart kuni 20:00 larda Peshku tumani Yangibozor mahallasida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan B.A. o‘z xonadonida turmush o‘rtog‘i 1984-yilda tug‘ilgan S.D. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Oqibatda turmush o‘rtog‘ining qorin sohasiga oshxona pichog‘i bilan qasddan urib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan.

Hodisada jabrlangan S.D.ga zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam markazida kechiktirib bo‘lmas muolajalar qilingan va hozirgi kunda davolash ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi