Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yil oxirida Germaniyaning davlat qarzi mamlakat Federal statistika boshqarmasi (Destatis)ning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, rekord darajadagi 2,37 trln yevroni tashkil qildi.

Foto: Bloomberg

2021-yil oxiridan buyon davlat qarzi 46,1 mlrd yevroga yoki 2 foizga o‘sdi.

O‘tgan yilning to‘rtinchi choragida davlat qarzi 41,9 mlrd yevroga yoki 1,8 foizga oshgan.

Aholi jon boshiga qarz nisbati 2022-yil oxirida 28,155 ming yevroni tashkil etdi. Bir yil avvalgi ko‘rsatkich 27,907 ming yevro edi. 

Destatis ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida federal qarz 4,6 foizga o‘sgan — 1,620 trln yevrogacha, federal yerlarning qarzi esa 4,9 foizga kamayib, 606,75 mlrd yevroni tashkil qildi. 

Shu bilan birga, Germaniya shaharlari va uy xo‘jaliklarining to‘lanmagan qarz majburiyatlari hajmi 5,2 foizga oshib, 140,17 mlrd yevroga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi