Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oddiy retsept bo‘yicha qatiq qo‘shib pechda tayyorlanadigan pechenye mazali ta’mga ega va juda yumshoq bo‘ladi. Bu shirinlik  bolalarga ham, kattalarga ham yoqadi.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 2-3 osh qoshiq;
  • tuz — 1 chimdim;
  • qatiq — 100 ml;
  • o‘simlik yog‘i — 50 ml;
  • un — 250-280 g va ustiga sepish uchun;
  • pishiriq kukuni — 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi:

  1. Tuxumga 1-2 osh qoshiq shakar, tuz, qatiq va yog‘ qo‘shib, yaxshilab ko‘pirtiring;
  2. Unni elakdan o‘tkazing, pishiriq kukuni bilan aralashtiring. Qatiqni solib xamir qoring;
  3. Stolga un seping. Xamirni taxminan 1 sm yoki biroz kamroq qalinlikda yoying;
  4. Shakar seping va rulonga aylantirib oling;
  5. Xamirni kichik to‘rtburchak shaklida kesib oling. Buni maxsus xamir kesiladigan pichoq bilan qilgan ma’qul;
  6. Listni pishiriq qog‘ozi bilan o‘rang. Bo‘sh joylarga pishiriqlarni qo‘ying;
  7. Qatiq qo‘shilgan pishiriqlarni 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda qizarguncha taxminan 15 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi