Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 30-mart kuni ikki oila aʼzolari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi

Unga ko‘ra, 30-mart kuni Koson tumani “Neko‘z” MFYda yashovchi fuqaro A.Z. yashash uyi hovlisida o‘g‘li A.Sh. va T.A.lar turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, 30-mart kuni soat taxminan 16:10 larda Z.A. oila aʼzolari bilan A.Z.ning uyiga kelib, oilaviy nizo sabab, turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘lida bo‘lgan turli jismlar bilan urib do‘pposlab, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi