Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Xorazm filialini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, 15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu markaz yiliga 4 ming 500 nafar yoshni axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish va IT xizmatlar ko‘rsatish quvvatiga ega. Bu yoshlarning zamonaviy mutaxassisliklarni egallab, o‘z yo‘lini topishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, ushbu majmuada ham 250 nafar yigit-qiz ish bilan taʼminlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, prezidentga IT-parkda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi. Bu yerda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda IT xizmatlarini eksport qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Joriy yilda eksport hajmini 3 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, shu yerning o‘zida IT-park rezidentlari, axborot texnologiyalariga sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot bo‘ldi. Ular o‘zlarining faoliyatlari haqida so‘zlab berdi. Davlat rahbari yoshlarning fikrlarini eshitib, takliflarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi