Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi “Yangibozor tekstil agroklaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati 

Xabarga ko‘ra, qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan mazkur loyiha doirasida  xorijdan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Yiliga 5 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Tovarlarning 65 foizini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallangan. Bugungi kunda bu yerda 500 ga yaqin xotin-qizlar ishlamoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati 

Shavkat Mirziyoyev korxonadagi ish jarayoni bilan tanishish asnosida ular bilan suhbatlashdi. Xotin-qizlar chekka tumanlarga ham ham sanoat kirib kelayotgani, o‘z uyi yaqinida shunday zamonaviy korxonada ishlayotganidan mamnunligini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati 

Shu yerda Xorazm viloyatidagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular – Urganch shahridagi “Eko Obi hayot” korxonasi tomonidan gipsokarton mahsulotlari, Urganch tumanidagi “Zakirov” xususiy korxonasi tomonidan burama mix, Xiva gilami kombinatining ikkinchi bosqichi, Bog‘ot tumanidagi “Koba teks” korxonasi tomonidan tayyor gazlama, Urganch tumanidagi “Xorezm Solt Biznes” korxonasi tomonidan texnik tuzlar, Xonqa tumanidagi “Xorezmteks Feyshn” korxonasi tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridir. Ushbu korxonalar vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, ushbu yangi korxonalarni ishga tushirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi