Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi paxta zavodda 30-mart kuni yong‘in sodir bo‘ldi. FVV axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni 17:07 da “Sapcha” mahallasidagi paxta qabul qilish va paxtani qayta ishlash zavodi hududidagi 11 ta paxta g‘aramining ustki qismida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga 14 ta yong‘in-qatqaruv ekipaji, 12 ta yordamchi suv tashish avtomashinasi jalb qilingan. Yong‘in 18:03 da o‘rab olinib, 19:20 da o‘chirilgan. Voqea joyiga viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat FVB boshlig‘i va mas’ul xodimlar chiqqan. 

Yong‘in oqibatida 11 ta paxta g‘aramining yuza qismida taxminan 2500 kilogramm paxta yongan va yong‘indan 2 ta paxta g‘arami saqlab qolingan. Voqea joyida viloyat hokimining o‘rinbosari boshchiligida yong‘in o‘chirish shtabi tashkil etilgan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi